«...Qassobga yog‘ qayg‘usi» yoki «SES»chilarga nima bo‘lyapti o‘zi?
Sanitariya-epidemiologiya tizimida yana ikkita qalloblik fosh etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mahkama huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish jarayonida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining Parkent tuman filiali mansabdor shaxslari karantin qoidalarini buzgan 86 nafar fuqaroning qilmishlariga yarasha jarima tayinlamaslik hamda qilmishni istisno etuvchi holatlar sifatida rasmiylashtirish orqali 397,6 mln. so‘mlik davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Qashqadaryo viloyat SEOMning shu tuman filiali boshlig‘i Q.N. fuqaro M.Yu.dan karantin qoidalarini buzganlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 800 ming so‘m pora talab qilib, shundan 600 ming so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari jadal olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter