Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududida ketma-ket ikki zilzila qayd etildi

O‘zbekiston hududida ketma-ket ikki zilzila qayd etildi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Dastlab, mahalliy vaqt bilan 07.03.2024 00:33 da (06.03.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 19:33 da) epitsentri Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 64,95 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 11 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 457 km janubiy-g‘arbda.

Bu zilzilaning sezilish kuchi:

Kasbi tumanida 2-3 ball, 45 km.

Nishon tumanida 2 ball, 61 km.

Muborak tumanida 2 ball, 64 km.

Qoravulbozor tumanida 2 ball, 71 km.

Qarshi shahrida 2 ball, 72 km.

Qarshi tumanida 2 ball, 73 km.

Koson tumanida 2 ball, 81 km.

Olot tumanida 2 ball, 90 km.

Yana shu vaqtda, 07.03.2024 00:33 da (06.03.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 19:33 da) yana Mirishkor tumanida yer qimirladi. Zilzila koordinatalari: 38,76 gradus shimoliy kenglik; 64,85 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 464 km janubiy-g‘arbda.

Bu zilzilaning O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 81 km.

Buxoro viloyatida 2 ball, 117 km.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval ham Mirishkorda yer silkinishi kuzatilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring