Qarshida yuk mashinasiga urilgan Nexia-2 yonib ketdi

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, bugun soat taxminan 11:50 da boshqarmaning dispetcherlik xizmatiga Qarshi shahrining Mustaqillik ko‘chasida YTHga uchragan avtomobilda yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan.
«Voqea joyiga 11:53 da yetib borgan Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, 2-yong‘in qutqaruv jamoasi yong‘inni o‘chirgan. Yong‘in natijasida hech kim jarohatlanmagan», — dedi Sohib Vaitov.

Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati mas’uli Javlon Baxtiyev «Daryo»ga bergan xabarida Nexia-2 beton to‘siqqa urilmaganini, boshqa bir avtomobilga urilishi oqibatida yonib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytib, aniq va rasmiy ma’lumotni tez orada ma’lum qilishini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter