Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida 37 yoshli shaxsni tanishlari kaltaklab, ko‘chaga tashlab ketishdi

Qarshida 37 yoshli shaxsni tanishlari kaltaklab, ko‘chaga tashlab ketishdi

Foto: Xabar.uz

Qarshi tumani Ko‘chkak mahallasida istiqomat qiluvchi 1985-yilda tug‘ilgan N. Rahmatovni 14-fevral kuni 4 nafar fuqaro kaltaklab, hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohatlari yetkazib, ko‘chaga tashlab ketdi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

2022-yil 14-fevral kuni soat 21:25 larda Qarshi tumani Ko‘chkak mahallasida yashovchi R.N.ni mahalladoshlari O‘. Sh., H.O., T.A. va Sh.O‘.lar telefon orqali chaqirishib, O‘. Sh.ning boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasiga mindirib, Qarshi tumani «Guliston» mahallasi hududidagi dala maydoniga olib borib, urib tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan 2022-yil 15-fevral kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Og‘ir ahvolga tushgan bemorning yaqinlariga ko‘ra, ayni paytda kaltaklangan fuqaro Respublika shoshilinch tez yordam markazi Qarshi filialida davolanmoqda. Shifokorlarning aytishicha, uning ahvoli juda og‘ir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring