Qarshida 23 yoshli yigit 4-qavatdan yiqilib vafot etdi
Qarshi shahar Shodlik mahallasida joylashgan ko‘p qavatli turar joylarning birida 2022-yilning 29-yanvar kuni mudhish voqea sodir bo‘ldi.
1999-yilda tug‘ilgan 23 yoshli O. Safarov uyning 4-qavatidan pastga yiqilib, voqea joyida vafot etgan. Bu haqda «Nasafnews» xabar bermoqda.
Yigit o‘z joniga qasd qilgani haqida ham taxminlar bor.
Marhum yigit bu yerda rasman nikoh qurmagan ayol bilan birga ijarada yashab kelgan.
Hozirda Qarshi shahar prokuraturasi holatni o‘rganmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter