Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi tumanida firibgarlar 450 million so‘mlik sexni aldov yo‘li bilan sotib yubordi

Qarshi tumanida firibgarlar 450 million so‘mlik sexni aldov yo‘li bilan sotib yubordi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishcha fuqaro J.A. va boshqalar «S.» MChJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexini 450 mln so‘mga sotib berishga jamiyat rahbarini ishontirib, o‘zlari topgan mijozga ushbu sex va boshqa asbob-uskunalarni firibgarlik yo‘li bilan 20 000 AQSh dollariga sotib, pul mablag‘larini o‘zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring