«Qarshi city»da yuqori qavatdan odam yiqildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Qarshi city»da fuqaro yuqori qavatdan tushib ketib vafot etganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, hozirda Qarshi shahar prokurori boshchiligida tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, marhum fuqaroni shaxsi va sodir etilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Natijalari haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter