Qamchiq dovonida avtohalokat sodir bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 28-dekabr kuni soat 17:10 larda, Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 223-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashagan, 1994-yilda tug‘ilgan D.O. «Isuzu» rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, haydovchining xavfli burilishda harakat xavfsizligini ta’minlay olmaganligi sababli, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilgan va natijada avtomashina ag‘darilgan.
Undan tashqari, avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi Uychi tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan V.M. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada «Isuzu» haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter