Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiq dovonida «Kobalt» va «Jiguli» handaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida «Kobalt» va «Jiguli» handaqqa tushib ketdi

Foto: FVV

Qamchiq dovonidagi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida ikki avtomobilning yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketishi holati ro‘y berdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Bugun, 2-noyabr kuni soat 03:30larda «Qamchiq» maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga Qamchiq dovonidan «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan, 1980-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan N.O. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashina A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 204.1 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Buning oqibatida, mashina salonidagi 3 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Mazkur vaziyat bo‘yicha «Qamchiq» maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining 2-nazorat guruhi qutqaruvchilari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishadi va jarohatlangan fuqarolar — Q.M., (bosh miya chayqalishi), K.S., (qorin qismida va o‘ng qo‘l shikastlanishi), N.R. (o‘ng qo‘l bilak sohasi yopiq sinishi)larga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. So‘ng ular Angren markaziy shifoxonasiga yetkaziladi.

Foto: FVV

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida, ya’ni tongi soat 04:51 larda Qamchiq dovonidan «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan, 1999-yilda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilgan N.M. boshqaruvida bo‘lgan «Jiguli» rusumli avtomashina A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 222 km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketgan.

Voqea joyiga «Beshqo‘l» navbatchilik maskanidan katta leytenant I.Bo‘taboyev boshchiligida 2 nafar qutqaruvchilar yetib borib, jarohatlangan fuqaro B.A.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda u ham Angren markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring