«Qamchiq» dovonida ketma-ket avariya sodir bo‘ldi

Yo‘l-transport hodisasi «Qamchiq» dovonida, aniqrog‘i Toshkent – O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 247 kilometrida sodir bo‘ldi.
FVV matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun soat 16:00 lar atrofida «MAZ» rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasidagi temir-beton to‘siqqa urilgan.
Bu vaqtda «ISUZU» rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi «MAZ» yuk avtomashinasining ortidan to‘qnashmaslik uchun avtomobilni olib qochmoqchi bo‘ladi, ammo old tomonida harakatlanib ketayotgan boshqa yuk avtomobiliga borib uriladi.

Bir necha daqiqadan so‘ng FVVning «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv bo‘limi xodimlari voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarni avtomobillar ichidan chiqarib oldi. Jarohatlangan haydovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilib, Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning salomatligi joyida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter