Qalbaki dollarga uy sotib olib, bosqinchilik qilganlar aniqlandi
Shu yilning 5-avgust kuni fuqaro H.T. hamda «Abror» ismli shaxslar fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan Toshkent shahridagi xonadonni 40 ming AQSh dollariga sotib olishini va’da qilganlar.
So‘ngra 4 pachka 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni (39,6 ming AQSh dollari qalbaki 400 AQSh dolari haqiqiy) bergan holda xonadonni notarial tartibda o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan.
Bu haqda IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xabar berdi.
Shu kuni H.T. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sherigi «Abror» ismli shaxs bilan birga J.R.ga berilgan 496 dona qalbaki, 4 dona haqiqiy 100 AQSh dollarlik kupyuralarni va xonadon hujjatlarini egallash maqsadida R.J.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda to‘pponcha bilan qurollangan holda bostirib kirib, uni urib, qo‘rqitib, bo‘g‘gan holda H.T. tomonidan berilgan qalbaki pullarni va uy hujjatlarini berishni talab qilib, R.J.ga tan jarohati yetkazishgan.
Holat yuzasidan noma’lum shaxs «Abror»ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 176-moddasi 3-qismi «a» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surishtiruv ishlari davomida 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB, O‘zbekiston Respublikasi DHX va Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, «Abror» ismli shaxs, 1995 y.t., Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, fuqaro X.A. ekanligi aniqlandi va Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan «G‘ishtko‘prik» bojxona postida qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasi IIV VSHga joylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter