Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prokuror qabuliga borganlar g‘alayon ko‘tardi» videosi tarqaldi. IIB bayonoti

«Prokuror qabuliga borganlar g‘alayon ko‘tardi» videosi tarqaldi. IIB bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekistonda qonun yo‘q», «prokuror qabuliga borganlar g‘alayon ko‘tardi» nomli video tarqaldi. 

Unda aytilishicha, Chiroqchi tumanida 24-avgustidan 25-avgust kuniga o‘tar kechasi fuqaro Abduzohid o‘g‘li Abduvohidni urib o‘ldirib, JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan.

Mazkur jinoyatni kelib chiqishi sabablarini keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilib, bunday og‘ir jinoyatlarning vujudga kelishini oldini olish maqsadida 27-avgust kuni «Tarag‘ay» MFY hududidagi maktabda tuman to‘rtinchi sektor rahbari tomonidan muhokama yig‘ilishi tashkil etilgan va tuman IIB boshlig‘i va mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan. Uchrashuvda prokuratura organlari taklif etilmagan.

Uchrashuvda «Langar» MFYda yashovchi 21-iyun kuni J.N. tomonidan o‘ldirilgani yuzasidan marhum A.J.ni yaqin qarindoshlari tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlaridan norozi bo‘lib muhokama yig‘ilishiga murojaat qilishga kelishgan.

Mazkur holat yuzasidan marhum A.J. qarindoshlarining vajlari viloyat prokuraturasi tomonidan 6 marotaba qabul qilinib,tergov tekshirishlari davomida ularning vajlari tekshirilib, tasdig‘ini topmagan.

Xozirda marhum A.J ning o‘limi yuzasidan J.N.ga nisbatan JKning 97-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.Jinoyat ishining tergovi viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan, deyiladi IIB bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring