Prokuratura Yakkabog‘dagi ayanchli qotillik bo‘yicha bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Daxshat, ayol vaxshiylarcha o‘ldirildi» sarlavhali xabar tarqaldi. Xolat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2021-yil 21-oktyabr kuni Yakkabog‘ tumani, «Uyg‘ur» mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o‘rtog‘i G.X. bilan o‘zaro janjallashib, uni bir necha bor urishi natijasida olgan tan jarohatlari oqibatda G.X. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 2021-yil 22-oktyabr kuni Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter