Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura talaba bilan sodir bo‘lgan noxush voqeani tekshirmoqda

Prokuratura talaba bilan sodir bo‘lgan noxush voqeani tekshirmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Jahon tillari universitetida talaba o‘zini 4-qavatdan tashlab yuborgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun, 29 aprel kuni soat 08:10 larda Uchtepa tumanida joylashgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ma’muriy binosini 4-qavatidan Namangan viloyatida 2001 yilda tug‘ilgan 2-bosqich talabasi (erkak) o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.

«Hozirda sodir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta’siri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishini oldini olish maqsadida, jinoyat protsessual qonunchiligiga rioya qilgan holda Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 21 aprel kuni Xalqaro hamkorlik markazi binosining 9-qavatidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring