Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura haydovchisi jiddiy qoidabuzarligi uchun jazolandi

Prokuratura haydovchisi jiddiy qoidabuzarligi uchun jazolandi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘ng‘irot tuman prokuraturasi haydovchisi J.Q. boshqaruvidagi Neksiya-3 rusumli avtotransport vositasi yo‘l harakati qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishdan piyodalarga yo‘l bermasdan harakatlangani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, tuman prokuraturasi haydovchi J.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring