Prezident tanqid qilgan sobiq hokim qamoqqa olindi
Buxoro viloyati, Kogon tumani sobiq hokimi faoliyati davomida davlatga 2,5 milliard so‘m miqdorda yetkazgan zarari uchun qamoqqa olindi.
Bu haqda viloyat huquq-tartibot idorasi xodimiga tayanib, «Xabar.uz» muxbiri ma’lum qilmoqda.
Bildirilishicha, davlat mablag‘larining o‘rinli sarflanishini o‘rganish davomida Kogon tumani sobiq hokimi faoliyat olib borgan davrida uning 2,5 milliard so‘m mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlangan.
Holat bo‘yicha ayblanayotgan sobiq tuman hokimi 2020 yilning fevral oyida Kogon tuman hokimi vazifasidan olinib, viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Sobiq tuman hokimi 2021-yilning fevral oyida Buxoroga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidentiga quruq hisobot bergan. Prezident quruq hisobot bilan cheklangan ushbu mansabdorga kamroq gapirib, ko‘proq ishlashni maslahat bergan edi. «Men siz bilan birinchi marta gaplashyapman. Kamroq gapiring, menga qilgan ishlaringizni... Balandparvoz gaplar menga yoqmaydi», – degan edi Shavkat Mirziyoyev.
Shundan so‘ng sobiq tuman hokimi o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shatilgan va boshqa vazifaga o‘tkazilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter