Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bo‘yicha ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Prezident farmoni bo‘yicha ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Toshkent viloyatida yashovchi, 1964 va 1970 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirgan.

Ular o‘zlariga tegishli bo‘lmagan 4 gektar yerni unga 800 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 ming dollar olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Gap shundaki, mazkur yer maydoni Prezident farmoniga muvofiq, 2021 yil mahalliy MChJga investitsiya kiritish sharti asosida ko‘p qavatli turar-joylar, kottejlar hamda madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari qurish uchun Bo‘stonliq tumani hududidan ajratib berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring