Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Poytaxtda bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: YHXBB

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 20-oktyabr kuni soat 11:30 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, «Shahrobod-Zafar Diyor» ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1986-yilda tug‘ilgan Yu.Z. boshqaruvidagi «Cobalt» hamda haydovchi, 1964-yilda tug‘ilgan Sh.S. boshqaruvidagi «Lacetti» va haydovchi 1989-yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvida bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomobillar ishtirokida tuqnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, haydovchi J.J. boshqaruvida bo‘lgan avtomobil yo‘lovchisi, 1988-yilda tug‘ilgan M.B. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring