Portugaliyada pichoqlangan samarqandlik yigit vafot etdi
Mamlakatimizning Madrid shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilning 1-iyun kuni Leyriya provinsiyasida (Portugaliya) pichoq bilan yetkazilgan jarohat natijasida 1983-yil 21-fevralda tug‘ilgan, Samarqand shahrida ro‘yxatga qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarosi Ikrom Negmatov vafot etgan.
Hozirgi paytda huquqni muhofaza qilish organlari tergov tadbirlarini olib bormoqda va marhumning qarindoshlari O‘zbekiston fuqarosining jasadini Samarqand shahrida dafn etish maqsadida jo‘natish uchun hujjat taxlashmoqda.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va zarurat tug‘ilganda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhum O‘zbekiston fuqarosining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Ispaniya va Portugaliyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Madrid shahridagi mamlakatimiz elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +34-91-310-16-39.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter