Piskentda yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini tashlab ketgan ayol qidirilmoqda
Kecha, 24-iyun kuni Toshkent viloyati Piskent tumani markaziy shifoxonasi hududida yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi. Bu haqda IIV rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, oq matoga o‘ralgan holda topilgan chaqaloq mutlaqo sog‘lom. Uni kim va nima maqsadda tashlab ketgani noma’lum. Ayni paytda voqea yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter