Piskentda uy egasini qo‘rqitib, talonchilik qilgan bosqinchilar qo‘lga olindi
Toshkent viloyatining Piskent tumanida yashovchi fuqaro X.N. 11-aprel kuni viloyat IIBga murojaat qilgan.
Uning shikoyatiga ko‘ra, 14-mart kuni 3 nafar noma’lum shaxslar uyiga devor oshish yo‘li bilan bostirib kirib, uni va turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, sariq metalldan yasalgan ayollar uzugi va avtomashina pultini olib, X.N.ga holat yuzasidan agarda huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilsa o‘zini hamda oila a’zolarini o‘ldirishini aytib, voqea joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan X.M. va M.Ulug‘bek tumani yashovchi, muqaddam sudlangan B.R. va Piskent tumanida yashovchi M.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter