Pike va Shakiraning uyiga o‘g‘ri tushdi
«Barselona» futbol klubi himoyachisi Jerar Pike va uning rafiqasi Shakira o‘g‘rilar jabrdiydasiga aylandi, deb xabar bermoqda «Sports.ru».
Jinoyatchilar ularning «Espluges-de-Lobregat»dagi uyidan qimmatbaho buyumlar, soatlar va taqinchoqlarni o‘g‘irlashgan. Hodisadan hech kim jabrlanmagan, o‘g‘rilar uyga ziyon yetkazmagan.
Pikening ota-onasi politsiyaga murojaat qilgan, surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
O‘g‘irlik vaqtida uyda hech kim bo‘lmagan. Pike ayni vaqtda Ispaniya terma jamoasi ixtiyorida, Shakira esa Germaniyada gastrolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter