Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peterburgdagi do‘konga qurolli hujum bo‘ldi (video)

Peterburgdagi do‘konga qurolli hujum bo‘ldi (video)

O‘zbekistonning 2 fuqarosi 5 aprel kuni soat 03:00 larda Sankt-Peterburg markazidagi tunu kun ishlaydigan do‘konga hujum qilgan. Bosqinchilik kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Ular do‘konga kirib, sotuvchiga tahdid qilishgan, biri do‘kondorni ushlab turgan bo‘lsa, ikkinchisi kassa qutisidagi pullarni, so‘ng do‘kondagi boshqa mahsulotlarni o‘margan va qochib ketishgan. Ularning qo‘lida to‘pponchaga o‘xshagan buyum bor edi.

Zararning umumiy miqdori 76 ming rubl, kassadan 24 ming rubl o‘g‘irlangan, o‘marilgan mahsulotlar miqdori 56,4 ming rublni tashkil qilgan.

O‘sha kuni kechga tomon bosqinchilar ushlangan. Ikkalasi ham O‘zbekistondan Peterburgga ishlash maqsadida borgani aniqlangan.

Ayni paytda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va muhojirlik qonunchiligini buzishga oid bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring