Pensiya jamg‘armasi xodimi o‘z xizmat xonasida ushlandi
2022 yil 18 iyul kuni fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qiladi.
U o‘z murojaatida nafaqaga chiqish uchun Pensiya jamg‘armasi Samarqand shahar bo‘limiga borib, ishlagan vaqtini hisoblatganida, 1 yil 6 oy ish staji yetmaganini, shu yerda o‘zini Pensiya jamg‘armasi Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari deb tanishtirgan K.Sh. bilan tanishib qolganini, u yetmagan ish stajini soxtalashtirish orqali to‘g‘rilash va nafaqa rasmiylashtirib berish evaziga 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkaziladi.
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati Samarqand shahar bo‘limi binosida o‘tkazilgan tadbirda K.Sh. o‘z xizmat xonasida ariza muallifidan 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter