Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pastdarg‘omlik fuqaro bobosidan qolgan qurolni Milliy gvardiyaga topshirdi

Pastdarg‘omlik fuqaro bobosidan qolgan qurolni Milliy gvardiyaga topshirdi

Foto: xabar.uz

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro T.Xurramov o‘zi yashab kelayotgan uyida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtida, uyning tom qismidan marhum bobosidan qolgan TOZ rusumli, 16 kalibrli, bir stvolli, 1964-yilda ishlab chiqarilgan ov qurolini topib olgan.

U bu haqida darhol O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Samarqand viloyatida joylashgan bo‘linmasiga xabar berib, o‘z xohishi bilan o‘rnatilgan tartibda qurolni topshirgan.

Bundan tashqari Toshkent viloyati hududida ham fuqarolarimiz tomonidan topilgan qurollar Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalariga belgilangan tartibda topshirilganligi holatlari kuzatilgan.

Mazkur holatlar yurtimizda olib borilayotgan tushintirish ishlarining xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar qurol bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday masalalar yuzasidan 71-236-50-08 raqamlari orqali Milliy gvardiya mutasaddilari bilan bog‘lanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring