Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pastdarg‘om bozorida janjal qilganlar aniqlandi

Pastdarg‘om bozorida janjal qilganlar aniqlandi

2021 yil 24 noyabr kuni Pastdarg‘om tumani «Qatorterak» mahallasida yashovchi fuqaro A.B. Pastdarg‘om tumanidagi buyum bozorida tanishi N.S.ni ko‘rib qolib, o‘zaro tortishib qolishi natijasida ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qildi.

Janjal davomida A.B. N.S.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring