Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkentlik ayol tillali bo‘laman deb temirni quchib qoldi

Parkentlik ayol tillali bo‘laman deb temirni quchib qoldi

Foto: «Lojuvard»

2018-yil 17-yanvar kuni soat 12:00 larda «Laylo» ismli ayol soddadil insonning ishonchiga kirib, uni chuv tushirdi. Parkentlik yakka tartibdagi tadbirkor N.K.ning uyi yonida 43 gramm tilla zanjirini «4 000 000 so‘m va 15 gramm tilla zanjiringiz evaziga sotaman», deb aldab, undan ushbu tillalarini olgan.

Evaziga 39 gramm sariq metaldan yasalgan soxta tilla taqinchoqlarni berib, hodisa joyidan yashiringan. «Laylo» ismli ayol shaxsini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Parkent tumani prokuraturasi tomonidan 2018-yil 20-fevral kuni «Laylo» ismli ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring