Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkentda xazina topildi

Parkentda xazina topildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi fuqaro Nasiba Begmatova 2022-yilning 16-sentyabr kuni o‘z uyining hovlisidan xazina topib oldi. Fuqaro bu haqda mutaxassislarga xabar bergan.

Ushbu xabar asosida tegishli mutaxassislar hududga yetib borgan va topilmalar sanoqdan o‘tkazilgan. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ular mis tangalar bo‘lib, 939 dona ekani aniqlandi. Ular o‘rganish va davlatga topshirish uchun olingan. 

Mis tangalar topilgan joy ko‘zdan kechirilib, ularning diametri 115 santimetr bo‘lgan o‘raning yer sathidan 40-50 santimetr chuqurligida, bir joyda to‘plangan holda topilgani, tangalar topilgan joydagi tuproq orasidan o‘lchami 25x25x5 santimetr bo‘lgan pishiq g‘isht bo‘lagi, moviy rangda sirlangan va sirsiz idishlarning mayda parchalari saqlangani aniqlangan. 

Tangalar uzoq vaqt davomida yer ostida, nam tuproqqa qorishib chiriganligi sababli ularning har ikkala tomonining yuzalari tekislanib ketgan. Tangalarga zarb sayoz urilgan. Ulardagi yozuvlar yaxshi ko‘rinmaydi. Olimlar xazinaning XVI asr oxiri – XVII asr boshlariga tegishli ekanligini aytishmoqda. Ular topilgan joydan aniqlangan ashyoviy dalillar - 25x25x5 santimetr hajmdagi pishgan g‘ishtlar, moviy rangdagi sirlangan va sirsiz sopol idish siniqlari ham yuqorida ko‘rsatilgan davrda ishlab chiqarilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring