Parijda insonlarga pichoq bilan hujum qilgan qotil chechenistonlik bo‘lib chiqdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida bir xudkush ko‘plab insonlarga pichoq bilan hujum qildi. Buning oqibatida bir kishi jarohat olib voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Politsiya xudkushni to‘pponcha bilan otib tashlagan. Jarohatlangan ko‘plab kishilar shifoxonaga yotqizilgan.
Bu voqea uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Politsiya xodimlarining aytishicha, xudkush chechenistonlik 21 yoshli yigit bo‘lgan.
«Reyters» agentligining ma’lum qilishicha, xudkushning ota-onasi ayni paytda so‘roq qilinayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter