Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 mlrd so‘m ish haqi va ustama olgan bosh hisobchi qamoqqa olindi

4 mlrd so‘m ish haqi va ustama olgan bosh hisobchi qamoqqa olindi

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisining kirdikorlari fosh etildi. 

U egallab turgan lavozimdan g‘araz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021-yillar davomida o‘ziga asossiz ravishda jami 4 mlrd so‘m ish haqi va ustama yozib olgan.

Shuningdek, kollej o‘qituvilari nomiga bank plastik kartalari ochib, ularga 310 mln. so‘m budjet mablag‘larini o‘qituvchilarga bildirmasdan o‘tkazib olgan.

Bosh hisobchi talon-toroj qilgan jami 4,3 mlrd so‘m mablag‘larni internet tarmog‘i orqali qimor o‘yinlariga tikib, sarf qilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan bosh hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209 (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring