Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» tezkor xabar tarqatdi

«O‘zgidromet» tezkor xabar tarqatdi

Joriy yilning 26, 27 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 26-27 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

26-27 dekabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida va tog‘li hududlarda 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring