Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning olti shahrida yer silkinishi sezildi

O‘zbekistonning olti shahrida yer silkinishi sezildi

Bugun, 13-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan 10:42 da (13.04.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 05:42 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 36,71 gradus shimoliy kenglik; 70,73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 191 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 523 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Andijon: 474 km, 2 ball.
  • Farg‘ona: 419 km, 2 ball.
  • Guliston: 453 km, 2 ball.
  • Jizzax: 455 km, 2 ball.
  • Samarqand: 464 km, 2 ball.
  • Termiz: 312 km, 2 ball.

Avvalroq Afg‘onistondagi zilzila Termizda sezilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring