O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi
![O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3053097096.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan xabar qilinishicha, kecha, 18 avgustda, Toshkent vaqti bilan soat 20.46da mamlakatimizning ba’zi hududlarida yer qimirlashi kuzatilgan.
Yer qimirlashi Toshkentdan 314 kilometr uzoqlikda bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston bo‘ylab yer silkinishi kuchi:
Jizzax: 144 km; 2 ball
Samarqand: 79 km; 2 ball
Qarshi: 114 km; 2 ball
O‘zbekistonning boshqa hududlarida seysmofaollik kuzatilmagan. Shuningdek jabrlanuvchilar va imoratlar buzilishi to‘g‘risida ma’lumotlar ham kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter