O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi
Bugun, 9-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 11:39 da (09.07.2020-yil, Grinvich bo‘yicha 06:39 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqida FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 39,96 gradus shimoliy kenglik; 69,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 145 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent: 145 km, 3 ball.
- Namangan: 231 km, 2 ball.
- Andijon: 273 km, 2 ball.
- Farg‘ona: 215 km, 2 ball.
- Guliston: 74 km, 4 ball.
- Jizzax: 126 km, 3 ball.
- Samarqand: 204 km, 2 ball.
- Termiz: 352 km, 2 ball.
- Qarshi: 326 km, 2 ball.
- Navoiy: 335 km, 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter