Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarosi yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani bo‘yicha xabarga izoh berildi

O‘zbekiston fuqarosi yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani bo‘yicha xabarga izoh berildi

Tokioda bo‘lib turgan O‘zbekiston olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Bu esa bir qator o‘zbek OAV va blogerlari orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabarga rasmiy munosabatini bildirdi.

Bo‘lib o‘tgan voqelikka O‘zbekiston olimpiya jamoasining hech qanday aloqasi yo‘q. «Japantimes.co.jp» nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea Tokio shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi D.R. bilan sodir bo‘lgan. «Kyodo news» esa D.R. va u qizning birgalikda Tokiodagi «Olimpiya» stadionida volontyor bo‘lib ishlagani haqida yozgan. 

Hozir MOQ Tezkor shtabining 5 nafar vakili Tokiodagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib turibdi. Ularning vazifasi asosiy delegatsiya kelguniga qadar tashkiliy masalalarni hal etib turishdir. Tashkiliy qo‘mitaning talablariga ko‘ra, Olimpiya shaharchasidagi shaxslarning hududdan chiqib ketishi mumkin emas va u joy kuchli nazorat ostida.

Shunday ekan, yuqoridagi voqelikka O‘zbekiston olimpiya delegatsiyasining hech qanday aloqasi yo‘q. Shu o‘rinda yurtimizning barcha OAV, bloger va jurnalistlaridan bu kabi asossiz maqolalarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz.

Bugun kechga «Tokio–2020» XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasining asosiy qismi charter reys orqali Yaponiyaga jo‘nab ketadi. Milliy olimpiya qo‘mitasi yurtimizdagi barcha ommaviy axborot vositalarini sportchilarimiz va ularning Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini xalqimizga chiroyli tarzda yetkazib berishga, musobaqani keng qamrovda yoritishga chorlab qoladi. O‘z navbatida, MOQ matbuot xizmati bu borada barcha ma’lumotlarni taqdim etib boradi»,— deyiladi matbuot xabarida.

Bu olimpiada bilan bog‘liq yagona mojaroli xabar emas. Avvalroq, O‘zbekiston suzish federatsiyasi kotibi ishdan olinib, 3 sportchi yo‘llanmadan mahrum bo‘lgani ham xabar berilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring