O‘zbekiston hududida ham zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 04.03.2024 11:29 da (04.03.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 06:29 da) zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, epitsentr: Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,78 gradus shimoliy kenglik; 64,94 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 8 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 457 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 73 km.
Biroz avvalroq Olmaotada kuchli yer silkinishi ro‘y bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter