Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi

O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi

Bugun, 1 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 04:13 da (31.03.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 23:13 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 41,35 gradus shimoliy kenglik; 72,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 315 km shimoliy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Andijon viloyatida 3 ball, 83 km.
  • Namangan viloyatida 2-3 ball, 117 km.
  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 148 km.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring