Oxirgi o‘n yil ichida qancha odam tabiiy ofatlar qurboniga aylandi?
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofat va falokatlar so‘nggi o‘n yil ichida 410 mingdan ortiq insonning umriga zomin bo‘ldi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Iqlim o‘zgarishiga moslashish sammitidagi nutqida.
Uning aytishicha, dunyo misli ko‘rilmagan ekstremal iqlim hodisalariga guvoh bo‘lmoqda.
«Jahon meteorologiya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 50 yil ichida ob-havo, iqlim va suv omillari bilan bog‘liq 11 mingdan ortiq tabiiy ofatlar yuz bergan», — dedi Guterresh.
BMT Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, ushbu ofatlarga qariyb 3,6 trillion AQSh dollari sarflangan.
«Oxirgi o‘n yil ichida ekstremal ob-havo sharoiti va iqlim bilan bog‘liq ofatlar 410 mingdan ortiq odamni hayotdan olib ketdi. Ularning aksariyati daromadi kam va o‘rta bo‘lgan mamlakatlarda yashardi», — dedi u.
Guterreshning ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasidan tiklanishni moliyalashtirish uchun trillionlar kerak bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter