Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘qishga kirgizmoqchi bo‘lgan» uddaburonlar ushlandi

«O‘qishga kirgizmoqchi bo‘lgan» uddaburonlar ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro R. A. fuqaro O.ning ishonchiga kirib, uni 3 500 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kiritib qo‘yishga va’da berib, oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Mirobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro P.A., fuqaro S.ni tanishlari orqali Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring