O‘pirilgan joyda ishlagan quruvchilar taqdiri noaniqligicha qolmoqda
Yunusobod metro yo‘lining qurilishida ro‘y bergan yer o‘pirilishi tufayli voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa tegishli vazirlik xodimlari qutqaruv ishlarini davom ettirmoqdalar, deb xabar bermoqda O‘zA.
Yunusobod tuman hokimi R.Usmonov ham holat yuz bergan joyda qutqaruv ishlarini nazorat qilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur joyda ishlagan quruvchilarning soniga hozirgacha aniqlik kiritilmagan. Ayni damda qazish ishlari davom etmoqda.
Qutqaruvchilardan birining ma’lumotiga ko‘ra, o‘pirilgan joyning hali to‘rtdan bir qismi ham qazib ulgurilmagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 18-dekabr kuni surunkali yog‘ingarchilik oqibatida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilayotgan qismida tuproq ko‘chishi sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi, voqea guvohi bo‘lgan 1975-yil tug‘ilgan qashqadaryolik B.M. ushbu holatdan qattiq stressga tushgani xabari berilgandi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada qurbon bo‘lganlar bor.
Hukumat farmoyishi bilan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilayotgan qismida sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va uni zudlik bilan bartaraf qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter