«Opel» qishloqdan 696 km/soat tezlikda o‘tib ketdi
Belgiyalik haydovchi aholi maskanidan 696 km/soat tezlikda o‘tgani uchun 6591 yevro jarima to‘lashi haqidagi xabarni oldi. «Germania.one» bergan xabarga ko‘ra, supertezlik kuzatilgan Kviven qishlog‘ida mashinani 50 km/soat tezlikdan yuqori haydash taqiqlangan.
Keyin aniqlanishicha, bu shunchaki anglashilmovchilik bo‘lib, kompyuter tizimida xatolik yuz bergan. «Opel» haydovchisi tezlikni belgilangandan 646 emas, balki 10 km/soat oshirgan, xolos. Endi haydovchi bu bema’ni jarimani jo‘natgan mas’ullarga qarshi da’vo bilan chiqmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter