Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ona va buvi jirkanch jinoyatga qo‘l urishdi

Ona va buvi jirkanch jinoyatga qo‘l urishdi

Foto: «Abon-news.ru»

Buxoro viloyati, Peshku tumani, Valfajr mahallasida yashovchi ayol o‘z onasi bilan til biriktirgan holda bolasini sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Peshku tumani Valfajir mahallasida yashovchi, J.F. ismli ayol endi dunyoga kelgan farzandini sotish maqsadida, o‘z onasi bilan ushbu jirkanch jinoyatni sodir etish uchun oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, tibbiyot muassassi hududida chaqaloqni o‘zga bir fuqaroga 8.000.000 (sakkiz million) so‘mga baholab sotayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ona va qizga nisbatan O‘zbekistan Respublikasi JKning 135-modda 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring