Olot tumanida yuk avtomobili kanalga tushib ketdi

Buxoro viloyati, Olot tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-37 «Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi» avtomobil yo‘lining 331-kilometrida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda joriy yilning 3-mart kuni soat 16:05larda Buxoro viloyati IIB YHXB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, «Olot-Buxoro» yo‘nalishida haydovchi, 1960 yilda tug‘ilgan N.R. «Maz-5422» rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, qo‘shimcha g‘ildirakining mahkamlangan joyidan chiqib ketishi va harakat davomida yon g‘ildiraklarga urilishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan hamda yo‘ldan chiqib ketib, «Amu-Buxoro» kanaliga tushib ketgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Olot tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter