«Olomonni tarqatish uchun qizil suv sepilgan» — Milliy gvardiya
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Abdijan Abduvaliyevning ma’lum qilishicha, 1-iyul kuni Nukusda sodir bo‘lgan tartibsizlikni tinchitish va olomonni tarqatish maqsadida namoyishchilarga suvga aralashtirilgan qizil bo‘yoq sepilgan.
Bundan maqsad namoyishchilarni tezda tanib olish va ularni tinch aholidan ajratish bo‘lgan.
Ommaviy tartibsizliklar vaqtida namoyishchilarni tarqatish uchun qizil rangli maxsus suyuqlik sepilishi boshqa davlatlarda ham uchrab turadi. Xususan, 2020-yilning sentyabrida Belarusda bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik harakati ishtirokchilariga qarata vodomyotlardan rang qo‘shilgan suv sepilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter