Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Olmaota-Toshkent-Termiz» yo‘lida transport harakati cheklandi

«Olmaota-Toshkent-Termiz» yo‘lida transport harakati cheklandi

Foto: «Inform.kz»

Bayzak tumani Janaturmis qishlog‘ida Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligining 28349-harbiy qismidagi yong‘in tufayli respublika ahamiyatidagi «Olmaota-Toshkent-Termiz» 476 km yo‘lida transport harakati cheklangan. Bu haqda Qozog‘iston IIV matbuot xizmatiga tayanib «Kazinform» xabar bermoqda.

Harbiy qism Taraz-Olmaota yo‘nalishining o‘ng tomonida, temir yo‘l bo‘yida, janubiy tomondan taxminan 250-300 metr masofada joylashgan. «Tau Dos» va «Otrar» xizmat ko‘rsatish ob’yektlari avtomagistral bo‘ylab joylashgan.

Barcha turdagi avtotransport vositalari uchun harakat Taraz shahri tomondan 505 km va Aksholak qishlog‘i tomonidan 474 km (Jibek joliga burilish) yopiladi. Harakat mahalliy Taraz-Sarikemer avtomagistrali orqali amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring