Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘gay ona 13 yoshli qizga zo‘ravonlik ishlatgani aniqlandi

O‘gay ona 13 yoshli qizga zo‘ravonlik ishlatgani aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollaridan Zangiota tumanidagi 13 yoshli S.R (qiz)ga nisbatan uning o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilinayotgani yuzasidan murojaat va  videomaterial kelib tushgan.

Holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilganda, videoda 2010 yilda tug‘ilgan S.R ga otasi S.S ning turmush o‘rtog‘i S.Sh. tomonidan zo‘ravonlik qilinganligi holati ekanligi aniqlangan.

Bu fakt yuzasidan S.S. ham tuman IIBga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlab voyaga yetmagan S.R. sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilib, tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Qizcha bilan yakka tartibda psixolog suhbati o‘tkazildi va hozirda bolaga ruhiy zo‘ravonlik yetkazilganligini va uning darajasini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.

Qaramog‘ida bo‘lgan bolaga zo‘ravonlik qilganligi aytilayotgan S.Sh ning ruhiy holatiga ham huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlangan.

Mazkur fakt bo‘yicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv Zangiota tumani prokuraturasi nazoratida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring