Qozog‘istondagi YTHda bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana uch nafari kasalxonaga yotqizilgan

13 dekabr kuni ertalab soat 9:30 atrofida, Qarag‘anda viloyatidagi «Qarag‘anda-Balxash» avtomobil yo‘lida qarama-qarshi to‘qnashuv natijasida O‘zbekiston fuqarosi I.Y. halok bo‘ldi, A.Y., V.K. va H.A. jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Ularning barchasi Qozog‘iston hududiga Rossiyadan kirishgan. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu fakt bo‘yicha Qarag‘anda viloyati yo‘l politsiyasi tergov olib bormoqda.
Elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan va Qarag‘anda viloyatining tergov organlari va tibbiy muassasalari bilan aloqada bo‘lib turibti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter