Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamlarga nima bo‘lyapti? Ohangaronda it sabab ikki qo‘shni «it-mushuk» bo‘ldi

Odamlarga nima bo‘lyapti? Ohangaronda it sabab ikki qo‘shni «it-mushuk» bo‘ldi

Foto: «Kenguru.net»

Joriy yilning 20-yanvar kuni soat 20.30 da Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan I.B. 1964-yilda tug‘ilgan qo‘shnisi I.A. bilan janjallashib qolgan. Bunga sabab I.B.ning iti vovullagani uchun I.A. itga tosh otgan, otgan tosh I.B.ning darvozasiga tekkan. Shuning oqibatida kelishmovchilik kelib chiqib, I.B. qo‘shnisining yonida bo‘lgan tayoq bilan bosh qismiga bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Olmaliq shahar sudi tibbiy ekspertizasining 25-yanvar kunidagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, I.A.ning bosh miyasi og‘ir jarohatlangan, qolaversa, turli tan jarohatlari ham yetkazilgan.

Hozirda I.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xalqimizda «Qo‘shning tinch — sen tinch», degan naql bor. Yuqoridagi voqea oqibatida bir insonga tan jarohati yetkazilgan, ikkinchisi esa jinoyatchiga aylangan. Nahot, tushunmovchilikni yaxshi yo‘l bilan bartaraf etish ilojsiz bo‘lsa? Hurmatli fuqarolar, bir-biringizga jismoniy va ma’naviy zarar yetkazishdan avval u qoldiradigan asoratlarni ham yoddan chiqarmang! Zero, har bir jinoyatga jazo belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring