Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odam savdosi bilan shug‘ullangan ikki ayolga hukm o‘qildi

Odam savdosi bilan shug‘ullangan ikki ayolga hukm o‘qildi

Odam savdosi bilan shug‘ullangan ikki ayolga hukm o‘qildi.

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1999-y.t. «M.R.» (ayol) hamda Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi, 2000-y.t. «Q.A» (ayol) o‘zaro til biriktirib, qizlarni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborishgan.

Turkiyada yashovchi «A» ismli ayol esa qizlarga aviachipta sotib olish, ularni kutib olish hamda fohishalik bilan shug‘ullantirish ishlariga mas’ul bo‘lgan.

Jumladan, 2022-yilning aprel oyi boshlarida «M.R» va «Q.A»lar Toshkent shahrida yashovchi, 1992-y.t. «A.A»ni Turkiya davlatiga borib, fohishalik bilan shug‘ullanish orqali har oyda 2 ming AQSh dollari ishlab topishga qiziqtirishgan hamda dastlabki «daromadi»ning teng yarmini ularga berishi kerakligini tushuntirishgan.

O‘z navbatida Turkiya davlatida yashovchi «A» ismli ayol «A.A.»ga xorijga chiqish pasporti olishi uchun 50 AQSh dollari va «Toshkent-Istanbul-Anqara» yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta yuborgan.

DXX xodimlari tomonidan IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «M.R.» qizni Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelib, Turkiya davlatiga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida uning sherigi «Q.A.» ham ushlandi.

Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Joriy yilning avgust oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan «M.R»ga nisbatan 3 yil va «Q.A.»ga nisbatan esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Lekin «Q.A»ni oilaviy sharoitini, ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring