Ob-havo ma’lumoti: 10-yanvarda ayrim joylarda qor yog‘adi
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 10-yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -2 - 0 daraja, kunduzi +8 - +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi 0 - +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -2 - +3 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi kutiladi. Kechasi -2 - +3 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0 - +5, kunduzi +7 - +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 - 0 daraja sovuq, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -6 - -1 daraja, kunduzi +1 - +6 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -2 - +3 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter